Mukofot muborak!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mukofot muborak!

Ishtixonlik 3 nafar nuroniy “Mehnat faxriysi”  ko‘krak-nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik kengashining shu yil 27 maydagi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, turli sohalarda ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan pensiya yoshidagi yurtdoshlarimizdan bir guruhi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ular orasida Ishtixonimizdan quyidagilar bor

1.Toshboyev Donaqul – faxriy iqtisodchi, Ishtixon tumani. I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan

2.Valiyev Baxtiyor – kasaba uyushmalari faoli. I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan

3.Berdiyorov Jahon – qurilish faxriysi. I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

 

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM