
YOSHLAR MUROJAATI VA IJRO !!!
Kecha xabar berganimizdek, tuman hokimi "Yangikent" mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.
Uchrashuvda yoshlardan sog‘lig‘ini tiklashda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati yuzasidan bugun erta tongdan tuman hokimi Fazliddin Ruziyev tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinikada bo‘lib, murojaat qilgan yoshlarni tibbiyot xodimlariga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib kasalligi bo‘yicha yotqizib davolanishi uchun sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI