Muallim qadr topsa, ta’lim-tarbiya yuksaladi !!!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Muallim qadr topsa, ta’lim-tarbiya yuksaladi !!!

Ishtixon tumanida 1 oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda tuman hokimi Fazliddin Ruziyev so‘zga chiqib, barcha ustozlarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirda ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan, ta’lim tizimini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, faol, tashabbuskor va izlanuvchan, munosib natijalarga erishayotgan bir guruh pedagoglar, muallim va murabbiylarimiz tuman hokimining faxriy yorliqlari va sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bayram tadbirida tumanimiz madaniyat xodimlari ijrosidagi dilrabo taronalar, ko‘ngilochar dasturlari bilan  chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat, ko‘tarinkilik baxsh etdi.
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM