"Yoshlar daftari-imkoniyatlar daftari!"

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

"Yoshlar daftari-imkoniyatlar daftari!"

Ishtixon tumani 2-sektor hududi "Qiyot" mahallasida yashovchi "Yoshlar daftari"da hamda "og‘ir" toifa bo‘yicha  shakllangan yoshlar ro‘yxatining nogironligi bor yoshlar toifasida turuvchi Zahriddin Qo‘nishov, Samarqand shahridagi Monomarkazning IT-yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab Monomarkazning  maxsus sertifikati bilan taqdirlandi.

Ishtixon tumani Yoshlar ishlari bo‘limi bosh mutaxassisi Obidxon Akbarov, Zahriddin Qo‘nishovning xonadoniga tashrif buyurib, unga o‘zini-o‘zi band qilishga ko‘maklashish maqsadida, "Yoshlar daftari" orqali ajratilgan noutbuk hamda esdalik sovg‘alarni topshirdi.

Ishtixon tumani Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan yoshlarni doimiy qo'llab-quvvatlash maqsadida ushbu amaliy ishlar davom ettirilmoqda. 

Ishtixon tuman Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi.
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM