Viloyat prokurori Ishtixonda o‘tkazilgan "Zakovat" musobaqasi g‘oliblarini taqdirladi.  

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Viloyat prokurori Ishtixonda o‘tkazilgan "Zakovat" musobaqasi g‘oliblarini taqdirladi.  

Bugun Samarqand viloyati Ishtixon tumani "Chagʻatoy" mahallasi hududida joylashgan "Yoshlar bazmgohi"da "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida mahalla yoshlari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining sektorlararo tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Respublika ishchi guruh rahbari E. Uralov, viloyat prokurori M.Eshnazarov, tuman hokimi F.Ruziyev, hokim o‘rinbosari J.Bediyev turnirning tuman bosqichida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan mahallalar yoshlari jamoalariga diplom va esdalik sovg‘alarni topshirishdi.

Keskin kurashlarga va his-hayajonga boy o‘tgan o‘yin yakunida quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

1-o‘rin - "Safaxoʻja" MFY yoshlar jamoasi;
2-o‘rin - "Minglar" MFY yoshlar jamoasi;
3-o‘rin - "Qoraqishloq" MFY yoshlar jamoasi egallashdi.

Ishtixon tumani Yoshlar ishlari bo‘limi.
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM