Aholini  ro‘yxatga olishning  demografik xususiyatlari

Aholini  ro‘yxatga olishning  demografik

xususiyatlari

Aholining “jinsi”, ”yoshi” va “nikoh holati” demografik xususiyatlari turli xil ijtimoiy-iqtisodiy va demografik masalalarni tushunishga yordam berish uchun ro‘yxatga olish boshqa ma’lumotlarini tasniflash va ularni taqdim etishda muhim hisoblanadi. Jins va yoshga kelsak, bu ma’lumot ro‘yxatga olish doirasida so‘rov bilan qamrab olinadigan har bir shaxs bo‘yicha ma’lumot yig‘ilishi shart. Shundan kelib chiqqan holda, bunday ma’lumotlar tugallanmagan hollarda, “aniqlanmagan” javob variantini oldini olish maqsadida shartli yoki qo‘shimcha belgilardan foydalanish tavsiya etiladi.

Ro‘yxatga olish doirasida har bir shaxsning jinsini ro‘yxatdan o‘tkazish kerak. Aholining jinsi, yoshi bilan birga, aholi sonining boshqa xususiyatlari  bilan  ko‘pincha  o‘zaro  tasniflangan  ro‘yxatga  olish  belgisidir. Shu  bilan  birga,  ushbu  uchun  ajratilgan  yacheyka  iloji  boricha  to‘liq  va  aniq  to‘ldirilishi  juda  muhimdir.  Aholi  jinsi  kesimida  ma’lumotlarning  taqsimlanishi  gender  statistikasini  tuzishning  asosiy  talablaridan  biridir. Ko‘pgina  ijtimoiy-iqtisodiy  va  demografik  xususiyatlarga  ko‘ra, ro‘yxatga  olish  jarayonida  to‘planishi  mumkin  bo‘lgan  ma’lumotlar, masalan, ta’lim, bandlik  holati, nikoh  holati, migratsiya, nogironlik  va  uy-joy  sharoitlari, odatda, jinsga  qarab  farq  qilishi  mumkin. Aholi  jinsi  yoshi  bilan  bir  qatorda, ro‘yxatga  olish va  boshqa  tadqiqotlar  doirasida  shaxslar  haqida  yig‘iladigan, shuningdek, boshqa  ma’muriy  hisoblar  tizimida  yuritiladigan  va  ushbu  ko‘rsatkichlarni  boshqa  ko‘rsatkichlar  bilan  birlashtirishda  aholining  ko‘pgina  ijtimoiy, demografik  xususiyatlarini  tahlil  qilishga  asos  yaratadi.

Yosh  haqida  ma’lumot  olish  uchun  tug‘ilgan  kun  haqida  ma’lumot  to‘plash  tavsiya  etiladi. Bu ro‘yxatga  olish  vaqtida  aniq  yoshdagi  ma’lumotlarni  to‘plashdan ko‘ra  aniqroq  ma’lumot  olish  imkonini  beradi.  Tug‘ilgan  sana  haqida  ma’lumot  to‘plash  ma’lumotlar  jadvallarini  ikki  shaklda: tug‘ilgan  yil  va  to‘liq  yillar  sonini  ishlab  chiqishga  imkon  beradi.

Nikoh  holati  mamlakatning  nikoh  qonunlariga  (yoki  urf-odatlariga) nisbatan  har  bir  shaxsning  oilaviy  ahvoli (ya’ni, nikoh  holati) deb  ta’riflanadi.  Har  bir  shaxsning  qonuniy  nikoh  holati  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  kamida  15  va undan  yuqori  yoshdagi  shaxslarga  nisbatan  to‘planishi  kerak.  Shu  bilan  birga,  turli  mamlakatlarda  qonun  bilan (yoki  an’analar,  urf-odatlar  asosida) belgilangan  eng  kam  nikoh  yoshi  bir  xil  emas,  chunki  aholi  boshqa  mamlakatlarda  turmush  qurgan  yoshlarni  o‘z  ichiga  olishi  mumkin.  Shuning  uchun, eng  kam  nikoh  yoshi  bo‘lgan  barcha  shaxslar  uchun  bunday  ma’lumotlarni  to‘plash  tavsiya  etiladi.

Tuman statistika

bo‘limi boshlig‘i
 J.Do‘stmurodov

 

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM