“Mahallada duv-duv gap” loyihasi – amalda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Mahallada duv-duv gap” loyihasi – amalda

    Bugun Ishtixon tumani Qiyot MFY 46-umumiy o‘rta ta'lim maktabida tuman hokimligi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazilmoqda.

    Yurtboshimiz raisligida 2023 yil 22 dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, madaniy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yanada jonlantirish yuzasidan belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirlarda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar haqida so‘z yuritildi.  

     Bir oy davom etadigan loyiha tumandagi barcha mahallalarda o‘tkaziladi.
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM