​​​​​​​“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” loyihasi doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Bugun, 10-yanvar kuni Ishtixon tumani 2-sektor hududida joylashgan “Zarband”  hamda "Beshbola" mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy-musiqiy targ‘ibot tadbirida 2-sektor rahbariyati, tuman prokurorining o‘rinbosari Hasan Qudratov, 2-sektor kotibi Ruziyev Asror, shoira, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Mavluda Ro'ziyeva, tuman hokimining maslahatchisi Obid Tojixonov, Zarband jome masjidi  imom xatibi Mansur Rabbimov  va tuman Madaniyat bo‘limi vakillari, nuroniylar, yoshlar  hamda mahalla aholisi ishtirok etishdi.

Tadbirda  shoira, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Mavluda Ro'ziyeva  ijodkor yoshlarga o‘zining yozgan kitoblaridan sovg‘a qildi

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM