“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ishtixon tumani 2-sektor hududida joylashgan “Xonaqo”  hamda "Qo‘chqor Qarshiyev" mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy-musiqiy targ‘ibot tadbirida 2-sektor rahbariyati, tuman prokurorining  o‘rinbosari Hasan Qudratov, 2-sektor kotibi Ruziyev Asror, tuman hokimining maslahatchisi Obid Tojixonov, tuman 1-sonli kasb-hunar maktabi direktori Faxriddin Uzaqov,  tuman Polvonota jome masjidi  imom xatibi noibi Eryigit Abduvoxidov  va tuman Madaniyat bo‘limi vakillari, nuroniylar, yoshlar  hamda mahalla aholisi ishtirok etishdi.

Tadbirda 41-42-umumta’lim maktabing ijodkor o‘quvchilari sahna chiqishlarini namoyish etdilar.
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM