Jajji bolajonlarimiz olimpiyada g‘oliblari bo‘lishdi
Bugun Ishtixon tuman hokimi Fazliddin Ruziyev tumandagi 30 umumta’lim maktabi o‘quvchilarini tabrikladi.
Qozog‘istonning “Chimkent” shahrida mental arifmetika bo‘yicha bo‘lib o‘tgan olimpiyada musobaqasida Ishtixonlik o‘quvchilarimiz faxirli I o‘rinlarni egallab kelishdi.
Tuman hokimi o‘quvchilarimizni tabriklab, ularga esdalik sovg‘alari va diplomlarni topshirdi.
Farzandlarimizning ta’lim-tarbiya olishi uchun alohida e’tibor qaratsak. Shundagina Mamlakatimiz taraqqiyoti hamda uning istiqboli uchun xizmat qiladigan Shashti baland va maqsadi aniq yoshlarimizni kashf qila olamiz.
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI