Mudofaa bo‘limi ma’muriy va chaqiruv punkti binolarini to‘liq ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mudofaa bo‘limi ma’muriy va chaqiruv punkti binolarini to‘liq ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev tuman mudofaa bo‘limi ma’muriy va chaqiruv punkti binolarini to‘liq ta’mirlash ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Tuman hokimi mavjud sharoitlar, chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yig‘uv punkti xonalarini, zaruriy jihozlar, kommunikatsiya tarmoqlari, xodimlar va chaqiriluvchilarga ajratilgan xonalarning ta’miri bilan yana bir bor yaqindan tanishdi.  

Mudofaa ishlari bo‘limining binosi yoshlarni chinakam harbiy xizmatga tayyorlovchi, ularda vatanparvarlik, mardlik va jasorat tuyg‘ularini shakllantiradigan maskanga aylanishi uchun tegishli mas’ullarga topshiriqlar berdi.
___
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

 

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM