Ishtixon tumani hokimi Misrlik investorlar bilan tuman markazi hamda Mitan shaharchasida markazlashgan kanalizatsiya tizimini joriy etish va ichimlik suvini qayta ishlash borasida muzokaralar olib bordi.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimi Fazliddin Ruziyev va hokimlik mas’ullari bilan birgalikda Misrning "HASSAN ALLAM HOLDING" kompaniyasining MDH mintaqasida biznesni rivojlantirish direktori Hany Aly,  "ENGINEERING EXPERINCE GROUP" kompaniyasining bosh menejeri Prof. Dr. Emad Elmolla hamda "COMFORT ENGINEERING GROUP" kompaniyasining loyihalarni amalga oshirish bo'yicha direktori Yevgeniy Nikolayevich ishtirok etgan uchrashuvda tuman markazi hamda Mitan shaharchasida markazlashgan kanalizatsiya tizimini joriy etish bo‘yicha bir qator loyihalar muhokama qilindi.

Shuningdek, muzokaralar davomida xorijiy investorlar bilan tumanning infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq qilish bo‘yicha fikrlar almashildi.

 

 


——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM