Hokimlik soati: “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va bayramni yuqori saviyada tashkil etish.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Hokimlik soati: “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va bayramni yuqori saviyada tashkil etish.

Bugun tuman hokimligining majlislar zalida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari va tuman hokimligi apparati mas’ul xodimlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishni tuman hokimi Fazliddin Ruziyev boshqarib bordi.

Dastlab, tumanda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning borishi, davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida sifatli ijro qilinishi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi masalalari bo‘limlari kesimida tahlil qilindi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarini jadallashtirish, “Navro‘z” bayramiga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish, bayram arafasida umumxalq hasharlarida faol ishtirok etish va tumandagi og‘ir hudud sifatida tanlab olingan mahallada “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlari asosida obodonlashtirish ishlari, aholining ijtimoiy holatini yaxshilash, bandligini ta’minlash, mahalla yettiligi faoliyati va kommunal sohalardagi ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM