Kurash kuni munosabati bilan Ishtixon tuman “Prokuror kubogi” musobaqasi o'tkazildi
Tue, 06/09/2022 - 15:00Ishtixon tumani Mitan shaharchasidagi sport majmuasida Kurash kuni munosabati bilan Ishtixon tuman “Prokuror kubogi” musobaqasi o'tkazildi. Musobaqada tuman hokimi so’zga chiqib, yosh sportchi yigit-qizlarni kelajakda jahon arenalarida ham O’zbekiston bayrog'ini yuksaklarga ko’tarishiga omad va zafarlar tiladi.
Musobaqada 2010-2011-2012 yillarda tug'ilgan o'smirlar va 2009-2010-2011 yillarda tug'ilgan qizlar sportning Kurash turi bo’yicha o’zaro kuch sinashishdi.
Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati