1-oktyabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi
Thu, 29/09/2022 - 14:30Bugun tumandagi "Shohona" bazmgohida 1-oktyabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazilmoqda. Tadbirda tuman hokimi F. Ruziyev so'zga chiqib, faxriy ustozlarni, pedagoglarni, o'qituvchi murabbiylarni bayram bilan tabrikladi.
Tadbirda O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ishtixon tuman bo'linmasi kengashi tomonidan sovg'alar ulashildi.
Tuman madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy qo'shiqlar tadbirni yanada fayzli o'tishini taminladi.
Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati