Ishtixon tuman FVB 12-KYoQQda ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi
Fri, 15/04/2022 - 17:43Ishtixon tuman FVB 12-KYoQQda ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi
Unda maktablardan tashrif buyurgan o‘qituvchi va o‘quvchilarga 1-aprel kunidan 1-may kuniga qadar o‘tkazilayotgan "Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va Fuqaro muhofazasi" oyligi bo‘yicha, Ishtixon tumanida gazdan zaharlanish bo‘yicha, sodir bo‘layotgan yong‘inlar va ularning kelib chiqish sabablari bo‘yicha tushunchalar berildi.
Bundan tashqari o‘quvchilarga 12-Kasbiylashgan yong‘in qutqaruv qismidagi mavjud texnika va yong‘in o‘chirish asbob anjomlari to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.