Янгиликлар

ISHTIXON PEDAGOGIKA KOLLEJIDA MTB VA KOLLEJ PEDAGOGLARINING HAMKORLIK SEMINARI BO'LIB O'TDI

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ishtixon tuman Pedagogika kollejida, viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'ining tegishli topshirig'iga asosan, Ishtixon tumanidagi Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim - tarbiya sifatini oshirish hamda o'zaro uzviy hamkorlikni mustahkamlash orqali malakali kadrlarni tayyorlash borasida tumandagi Pedagogika kolleji va Maktabgacha ta'lim bo'limi hamkorligi asosida 7 ta yo'nalish bo'yicha o'quv-amaliy seminar o'tkazildi.

 

Har bir inson e`tiborda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Hokim yordamchilarining asosiy vazifasi mahallabay ishlash orqali tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta`minlash va shu orqali kambag`allikni qisqartirib, yurtdoshlarimiz uchun munosib yashash sharoitini yaratishdir.

Jamiyat rivojida mahalla fuqarolar yig`inining o`rni tobora yuksalib, uning zimmasidagi vazifalar ko`lami ham kengayib bormoqda. Bu albatta bejiz emas, mahalla jamiyatimizning eng muhim bo`g`inidir.

Aholini ro‘yxatga olish barobarida yana bir muhim vazifani bajarish ko‘zda tutilgan.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Aholini ro‘yxatga olish barobarida yana bir muhim vazifani bajarish ko‘zda tutilgan. Bu — hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzishdir. Turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini o‘tab bo‘lgan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat ob’ektlarini qurish va ta’mirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin bo‘ladi. Muxtasar aytganda, aholini ro‘yxatga olish jarayoniga chinakam poydevor qo‘yiladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mahalliy Kengashlar faoliyati tahlil etildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Yaqinda Oliy Majlis Senati raisi T.Narbayeva ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda Senat a`zolari, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari kotibiyati mudirlari, doimiy komissiyalar raislari ishtirok etdi.

Seminarda Senat raisi "2022-2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"ning mazmun-mohiyati, mahalliy Ken-gashlar faoliyatiga doir chora-tadbirlar haqida batafsil tushuncha berdi.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM