Ishtixon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i O`.Boyzoqovning “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tumanda amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan MUROJAATI
Tue, 04/10/2022 - 21:00Ishtixon tumani davlat soliq inspeksiyasiga III chorak uchun budjet daromadlariga 19 mlrd. 669.0 mln. so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 23 mlrd. 194,3 mln so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 117,9 foizga (3 mlrd. 525,3 mln so‘m ortig‘i bilan) bajarildi. Tadbirkorlarni faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik subyektlariga “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida yordam berish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.