Янгиликлар

Ўзбекистон ва Осиё чемпиони, жаҳон чемпионатида кумуш медаль соҳибаси Шоҳсанам Улуғмуродова

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Шоҳсанам Улуғмуродова 2005 йилда Иштихон туманида туғилган. Олти йилдан буён армрестлинг спорт тури билан шуғулланиб келади. Ёш бўлишига қарамай, Ўзбекистон ва Осиё чемпиони, жаҳон чемпионатида кумуш медаль соҳибаси, халқаро турнирлар совриндори бўлган.

Ishtixon tumani Yo'g'ontepa qishlog'ida "Nuriddin Xusni Ziyo" MCHJ ga qarashli xususiy ta'lim markazi binosi foydalanishga topshirildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ishtixon tumani Yo'g'ontepa qishlog'ida "Nuriddin Xusni Ziyo" MCHJ ga qarashli xususiy ta'lim markazi binosining ham foydalanishga topshirilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda tuman hokimining yoshlar siyosati ijtimoiy rivojlantirish manaviy-marifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari J. Bediyev hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati boʻlimi raisi T. Tugalov ishtirok etishdi.

Ishtixon tumani hokimligi Axborot xizmati

Ishtixon shahrida "Aka-ukalar" o'quv markazi binosi foydalanishga topshirildi. 

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tadbirda tuman hokimi F. Ruziyev so'zga chiqib, barchani 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni" bilan tabriklab, barcha shart-sharoitlar mavjud mana bu o'quv markazi endi tumanimizdagi yoshlarning xususan, abituriyentlar uchun yaratib berilgani bu yana bir ezgu ishlardan biri ekanligini ta'kidladi. 

Darhaqiqat, binodagi qulay darsxonalar, sharoitlar fanni mukammal o‘zlashtirishga yordam beradi.

“Aka-ukalar” o‘quv markazi Ishtixon shahridagi O'ztelekom binosining yuqori qavatida joylashgan.
Rahbari: ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Rahmiddin Vafoxonov.

“Temir daftar” da ro’yxatda turuvchi 109 nafar fuqarolarga tadbirkorlik va o'zini o'zi band qilish uchun kerak bo'lgan asbob-uskunalar tarqatildi

BUGUN TUMAN HOKIMI SEKTOR RAHBARLARI BILAN BIRGALIKDA FUQAROLARGA ASBOB-USKUNALAR TOPSHIRISHDI

Ishtixon tumani 1-sektor shtabida “Temir daftar” da ro’yxatda turuvchi 109 nafar fuqarolarga tadbirkorlik va o'zini o'zi band qilish uchun kerak bo'lgan asbob-uskunalar tarqatildi.

Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM