Янгиликлар

1-oktyabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi

Bugun tumandagi "Shohona" bazmgohida 1-oktyabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazilmoqda. Tadbirda tuman hokimi F. Ruziyev so'zga chiqib, faxriy ustozlarni, pedagoglarni, o'qituvchi murabbiylarni bayram bilan tabrikladi. 

Tadbirda O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ishtixon tuman bo'linmasi kengashi tomonidan sovg'alar ulashildi.

Tuman madaniyat bo'limi xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy qo'shiqlar tadbirni yanada fayzli o'tishini taminladi.

Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati

ахоли томорқаларида август-сентябр пиёзи ва саримсоқпиёз ҳамда тўқсонбости экинлар экилиши ҳолати кўздан кечирилди

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Иштихон туман Фермер, деҳқон хўжаликлари ва томорқа ер эгалари кенгаши томонидан  ахоли томорқаларида август-сентябр пиёзи ва саримсоқпиёз ҳамда тўқсонбости экинлар экилиши ҳолати кўздан кечирилмоқда. Жумладан "Каттақангли" МФЙ Диёр қишлоғида  яшовчи фуқаро Х.Саимназаровнинг  томорқасида тўқсонбости экинлардан 2 сотих қулипнай, 0,5 сотих исмалоқ ва 1,5 сотих майдонга август-сентябр пиёзи ва саримсоқпиёзи экилганлиги кўздан кечирилиб хонодон эгасига қўшимча керакли тавсиялар бериб  ўтилди.

Иштихон туман хокимлиги ахборот хизмати

Sog'lom va zavqli hayot uchun shiori ostida sport musoboqasi o'tkazildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ayni paytda 1-IDU maktabining sport zalida tuman hokimligi, O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ishtixon tuman bo'linmasi kengashi, tuman sportni rivojlantirish bo'limi tomonidan  60 yoshdan 82 yoshgacha bo'lgan faxriy pedagog xodimlar o'rtasida "Sog'lom va zavqli hayot uchun" shiori ostida sport musoboqasi o'tkazilmoqda.

Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM