Янгиликлар

Ustozlar xiyoboni maskanida 1-sektor rahbarining xalq qabulxonasi va hokim yordamchilari bilan birgalikdagi navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman markazining ustozlar xiyoboni maskanida 1-sektor rahbarining xalq qabulxonasi va hokim yordamchilari bilan birgalikdagi navbatdagi sayyor qabuli o’tkazildi. Sayyor qabulda 
Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarma boshlig'i Zebiniso Rahmonova ham ishtirok etdi. Qabulda fuqarolar bir qator muammoli masalalari bilan sektor rahbarlariga murojaat qilishdi.  Xususan, Xoʻjaqoʻrgʻon MFY da yashovchi Dilafro’z Ortiqova tuman hokimiga ishga joylashish masalasida yordam so'radi, murojaat egasi shu zaxoti Koʻktepa mahallasidagi tikuvchilik sexiga ishga qabul qilinadigan boʻldi, 

SHTIXON TUMANIDA G'ALLA EKISH ISHLARI BOSHLANDI

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimi bugun M. Jo'rayev Muqobil MTP hududidagi "Suyonov Jo'ra Bobo" fermer xo'jaligida bo'lib, 2023-yil hosili uchun sug'orib, haydaladigan yer maydonlarida kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish ishlarini guvohi bo'ldi. Darhaqiqat, bu yil g'alla  hosili uchun  259 ta fermer xo'jaliklari va 2 ta klaster korxonasi tomonidan 7380 gektar (shundan ochiq maydon 1880 gektar, G'o'za qator orasida 5500 gektar) kuzgi boshoqli don ekinlari ekilishi rejalashtirilgan. Ayni damda g'allaning Antonina,  Pervisa, Tanya va boshqa navlari ekilmoqda.

Tuman hokimi "Shayxlar" MFY hududidagi Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan tanishdi.

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Bugun kunning ikkinchi yarimida Ishtixon tumani hokimi, Paxtachi tumani hokimi Muzaffar Xamdamovni "Shayxlar" MFY hududidagi Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan tanishtirdi. Ikkala tuman hokimlari u yerdagi shart-sharoitlar, sinfxonalar holati, o'qituvchilar xonasi, shuningdek, binoning hovli qismidagi yakuniy ishlarni  ko'zdan kechirishdi.

Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati

“Boqon” MFY Qoraqiya qishlog'ini ko'zdan kechirdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimi kecha “To’sinsoy” suv omborini o'zi borib o'rganib, manzildan qaytishda olis va chekka hududlardan biri bo'lgan “Boqon” MFY Qoraqiya qishlog'ini ko'zdan kechirdi va u yerning aholisini yashash tarzi bilan qiziqdi. Darhaqiqat, Qoraqiya qishlog'ida hozirda 730 xonadon joylashgan bo'lib, aholi soni 4000 ga yaqin nafarni tashkil etadi. Tuman hokimi yo'llar mutlaqo, talabga javob bermasligi, tez orada bu yo'llarni ta'mirlanishi yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berilishini bildirdi. 

Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM