“Boqon” MFY Qoraqiya qishlog'ini ko'zdan kechirdi
Wed, 07/09/2022 - 12:00Tuman hokimi kecha “To’sinsoy” suv omborini o'zi borib o'rganib, manzildan qaytishda olis va chekka hududlardan biri bo'lgan “Boqon” MFY Qoraqiya qishlog'ini ko'zdan kechirdi va u yerning aholisini yashash tarzi bilan qiziqdi. Darhaqiqat, Qoraqiya qishlog'ida hozirda 730 xonadon joylashgan bo'lib, aholi soni 4000 ga yaqin nafarni tashkil etadi. Tuman hokimi yo'llar mutlaqo, talabga javob bermasligi, tez orada bu yo'llarni ta'mirlanishi yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berilishini bildirdi.
Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati