Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar
Tue, 26/04/2022 - 18:48Joriy yilning 1-fevral kuni aholi tashabbusi asosida tasarruf etish uchun 5 milliard 082 million so‘m mablag‘ “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirilgandi. Jarayonning birinchi bosqichida yurtdoshlarimizdan 181 ta taklif kelib tushdi. Shundan qonunga muvofiq bo‘lgan 132 tasi umumxalq ovoziga qo‘yildi. 5-martdan 1-aprelga qadar davom etgan jarayonda eng ko‘p ovoz to‘plagan 12 ta taklif g‘olib deb topildi.