Insoniyat tarixining mukammal yaratilishi, ajdodlar yaratgan maʼnaviy, ilmiy, maʼrifiy boyliklarning avlodlardan avlodlarga o‘tishi yozuvning ixtiro qilinishi bilan bog‘liq. Turkiy xalqlar ijod qilgan turk-run va uyg‘ur hamda uzoq tarixda isteʼmolda bo‘lgan boshqa ko‘plab yozuvlar tufayli eng qadimgi zamonlardan boshlab ota-bobolarimizning yaqin-yiroq mamlakatlar bilan o‘zaro turli-tuman munosabatlarini aks ettiruvchi yozishmalar, yilnomalar, hujjatlar, yaratilgan ming-minglab badiiy, ilmiy, tarixiy, maʼrifiy asarlar yetib kelgan.