Янгиликлар

Tuman hokimi tumandagi Mitan Agro klasterini borib ko'rdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimi kecha Qayirma, O'zbekqo'rg'on mahallalarida bo'lib, sayyor qabulda murojaat qilgan fuqarolarning xonadonida bo'lib, ular bilan uchrashdi.  Shuningdek, manzildan qaytishda tumandagi Mitan Agro klasterini ham borib ko'rdi. Bu yerda hozirgi vaqtda uzum sharbatini qayta ishlash ishlari amalga oshirilmoqda. Tuman hokimi zavodni ko'zdan kechirar ekan, ishchilar bilan suhbatlashdi. Darvoqe, hozirgi vaqtda zavodda 6 nafar ishchilar ish bilan ta'minlangan.

Ishtixon tumani hokimligi Axborot xizmati

Tuman hokimining navbatdagi manzili O'zbekqo'rg'on mahallasi bo'ldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

 Tuman hokimining navbatdagi manzili O'zbekqo'rg'on mahallasidagi G'ulombotir To'rayev xonadoni bo'ldi. Tuman hokimi bu yerda sayyor qabulda  murojaat qilgan fuqaroning yashash tarzi bilan tanishdi. Fazliddin Ruziyev  xonadon egasining  uy-joy masalasi muammo ekanligi bu bo'yicha ishchi guruh tuzilib, masalaga oydinlik kiritilishi shuningdek, uyiga kiraverish joyiga tosh to'kish masalasi bo'yicha mutasaddilarga topshiriq va ko'rsatmalarni berdi.

Ishtixon tumani hokimligi Axborot xizmati

Tuman hokimi "Qayirma" MFY hududida yashovchi xonadon egalarining yashash tarzi bilan qiziqdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimi ayni paytda "Qayirma" MFY Qayirma 2 qishlog'ida yashovchi murojaat egasi Maftuna Umirova xonadonida bo'lib, uning oilasini yashash tarzi bilan tanishdi. Maftuna turmush o'rtog'i bilan asosan hovlisidagi tomorqasida  uzim yetishtirib kelishadi, ularni suv muammosi qiynamoqda. Tuman hokimi murojaat egasiga bankdan kredit ajiratilishida amaliy yordam ko'rsatilishini aytdi. 

Ishtixon tumani hokimligi Axborot xizmati

Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilat

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ishtixon tumanida "Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos ezgu fazilat, g‘oyasi asosida tumandagi Humo, Beshariq, Murodobod, Xalqabod va Safaxo'ja mahallalarida yashovchi nuroniy otaxon va onaxonlar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi.

Tadbirda tuman hokimi F. Ruziyev ishtirok etib, Mamlakatimizda nuroniylarga yaratib berilayotgan e'tibor hususida gapirdi.

Ishtixon tumani hokimligi Axborot xizmati

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM