Янгиликлар

2-sektor hududida joylashgan "Sh.Odilov" MMTPga qarashli bo'lgan "KIRKAY YANGI DALALARI" fermer xo'jaligida qo'y so'yilib, ehson qilindi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ishtixon tumani 2-sektor hududida joylashgan "Sh.Odilov" MMTPga qarashli bo'lgan "KIRKAY YANGI DALALARI" fermer xo'jaligi raisi A.A.Soliev, 
MMTP raisi S.M.Fayzaev, 
tuman "Agro inspeksiya" bo'limi boshlig'i A.X.Xolbekov, tuman IIB 1-son IIB boshlig'i mayor J.M.Eshmamatov hamda keng jamoatchilik ishtirokida fermer xo'jaligi "paxta"dalasida qo'y so'yilib, hasharchilarga ehson qilindi.

Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati

50 nafar "Ayollar daftari" ro'yxatiga kiritilgan "Ijtimoiy himoyaga muhtoj" xotin-qizlar tuman hokimligining tashabbusi bilan sayohatga kuzatildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

 Yaqinda "Ayollar daftari" ro'yxatiga kiritilgan "Ijtimoiy himoyaga muhtoj" xotin-qizlarning 50 nafari Respublika hududlari bo'ylab ichki turizm bo'yicha Xiva-Buxoro shaharlaridagi tarixiy obidalarni ziyorat qilib kelishgan edi. 

Bugun ham yana 50 nafar "Ayollar daftari" ro'yxatiga kiritilgan "Ijtimoiy himoyaga muhtoj" xotin-qizlar tuman hokimligining tashabbusi bilan sayohatga kuzatildi. 

Tuman hokimi ayollarimizni sog'-omon borib, chiroyli xordiq chiqarib kelishlariga tilak bildirdi. 

Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati

SENATOR “NODIRXON AGRO PRODUKT" ISHLAB CHIQARISH KORXONASI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ishtixon tumani 3-sektor hududida joylashgan Chinortepa mahallasida faoliyat yuritayotgan, “NODIRXON AGRO PRODUKT” ishlab chiqarish korxonasi 2000-yilda o'z faoliyatini boshlagan bo'lib, hozirda 20 yillik amaliy ish tajribasiga ega. Ushbu korxona Qurt va Semichka maxsulotlarini  ishlab chiqarib kelmoqda.

Tuman hokimi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zosi Farhod Boqiyev bilan birgalikda korxonada bo'lishib, ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, tadbirkorning muammo va takliflari  bilan tanishdi. 

Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati

 Tuman hokimi mahallalaridagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari bilan yig'ilish o'tkazdi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

 Bugun tuman hokimi Ishtixon tumani mahallalaridagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan Milliy kadrlar zaxirasiga kiritish uchun tavsiya etilayotgan 10 nafar nomzodlar bilan davra suhbati o'tkazdi. 

 Tuman hokimi yig'ilishda o'zining zarur ko'rsatma va takliflarini yig'ilganlar bilan o'rtoqlashdi.

Ishtixon tuman hokimligi Axborot xizmati

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM